Fuqarolik muhandisligi kelajagi porloq sohalardan biridir. Chunki ko’priklar, yo’llar, binolar, temir yo’llar, kanallar, to’g’onlar va hattoki mayoqlarni ham barpo etuvchi fuqarolik muhandislariga talab ortib bormoqda. Ha, hatto mayoqlarni ham. Agarda siz bugungi kunda ushbu inshootlardan biriga duch kelsangiz va ularning ko’rinishidan hayratda qolsangiz, ushbu muhandislarning aql-zakovati va sabr-matonatini ham esingizdan chiqarmang. Fuqarolik muhandislari inshootlarni loyihalash, o’rganib chiqish, ularni amalga oshirish va yaxshi holatda saqlab qolish bilan shug’ullanadi va yuqorida sanab o’tganlarimiz ushbu inshootlarning faqat bir nechtasidir. Ko’rinib turibdiki, fuqarolik muhandisligi hayotimizda muhim o’rin egallaydi.
Fuqarolik muhandisligi o’zi nima?
Fuqarolik muhandislari bizning tabiiy va notabiiy atrof muhitimizning barqaror yaratilishi, xavfsizligi, va o’z vazifasini bajarishida muhim rol o’ynaydi. Ularning mehnati va qilgan ishlarini hayotimizning har jabhasida ko’rishimiz mumkin. Fuqarolik muhandisi, ko’pincha (“xalq muhandisi” deb ham ataladi) eng qadimiy kasblardan biri hisoblanadi. Birinchi rasmiy fuqarolik muhandisligi maktabi XVIII asrda Fransiyada tashkil etilgan. Ammo bu kasbning kelib chiqishi va faoliyati qadimgi davrlarga borib taqaladi. Masalan Rimlik muhandislar yangi qurilish materiallari, asbob-uskunalari va texnikalarini o’ylab topishgan va quduqlar, hammomlar, va hattoki ko’priklarni ham barpo etishgan. Oradan ancha vaqt o’tib, XVIII asrda kanallarni va XIX asrda temir yo’llarini barpo etgan ushbu fidoyi muhandislar sanoat inqilobiga sabab bo’lgan transport yo’llarini ochishga hissa qo’shishgan. Xuddi o’zlarining ajdodlari singari, hozirgi fuqarolik muhandislari ham ko’plab odamlarning sog’lig’i, xavfsizligi va ularning taraqqiy etishini yaxshilash bilan shug’ullanadilar. Qadimgi davrlardan to bugungi kungacha fuqarolik muhandislari hududiy va global miqyosda katta o’zgarishlarni amalga oshirib kelishmoqda.
Fuqarolik muhandislari nima qiladilar?
Fuqarolik muhandislari infratuzilma va binolarni loyihalash va qurish bilan shug‘ullanadilar. Ularning ishi rejalashtirish, loyihalash, muammolarni hal qilish,maslahat berish, qurish, sinovdan o‘tkazish va tadqiqot olib borishni o‘z ichiga oladi. Ular ofislarda, tabiiy muhitda va hattoki qurilish maydonlarida ham ishlashlari mumkin. Ko‘p qirrali va ijodkor bo‘lgan fuqarolik muhandislari o’z sohasining ko’plab yo’nalishlarida faoliyat yuritib, xilma-xil loyihalarni amalga oshiradilar.
Qurilish muhandisligi
Ko’pchilik qurilish muhandisligi va fuqarolik muhandisligi tushunchalarini chalkashtirib yuborishadi. Aslida, qurilish muhandisligi fuqarolik muhandisligining bir bo’limidir. Qurilish muhandislari loyihaning barcha bosqichlarida – qurilishdan oldin, qurilish jarayonida va undan keyin – faol ishtirok etadilar. Ular xususiy yoki davlat tashkilotlari bilan hamkorlikda loyihaning amalga oshirish imkoniyatlarini o’rganadilar, qurilish hududini sinchkovlik bilan o’rganib chiqadilar, loyihalash ishlari bilan shug’ullanadilar, buyurtmachilar bilan hamkorlikda ishlaydilar va binolarning foydalanish davrida ularning texnik holatini nazorat qilib boradilar.
Atrof-muhit muhandisligi
Atrof-muhit muhandislarining tadqiqotlari, baholashlari, va dizayn loyihalari ekologik ta’sirni kamaytirish uchun qilinadi, masalan, mahalliy yoki yo’qolib borayotgan turlarga tahdidlar kabi, havoga salbiy ta’sirlar, suvga, va tuproq sifatiga; yana shovqin ifloslanishi. Mahalliy davlat, va federal idoralari bilan hamkorlik qilish, ular atrof-muhitni o’rganib chiqadilar; botqoqliklar va oqimlarni nazorat qilib chiqishadi; yumshatish rejalarini tuzishadi; suvni loyihalaydilar va rejalashtiradilar, havo, va qattiq chiqindilarni qayta ishlash tizimini yo’lga qo’yadilar; va loyihani amalga oshirish imkoniyatlarini taqdim etadilar. Odatda atrof-muhit muhandislari maslahatchi bo’lib ish olib boradilar.
Qurilish muhandisligi darajasi bilan nima qila olasiz?
Juda ko’p narsa. Infratuzilma, binolar va transport vositalari hech qayerga yo’qolmayda va joyida qo’ladi. Suv ham hech qayerga ketmaydi. Qurilish muhandislari ham. Ko’pchilik odamlar, qurilish muhandisligi yaxshi kasb tanlovmi, deb sorashadi. Umuman olganda, bu ham istiqbolli, ham juda barqaror kasbdir. AQSHda, 2022-yilda 326,300 ta ish o‘rni mavjud edi, 2032-yilga kelib esa bu pozitsiyalar soni 5% ga o‘sishi kutilmoqda. 2022-yildan 2032-yilgacha AQSh Mehnat statistikasi byurosi har yili taxminan 16,200 ta yangi ish o‘rni paydo bo‘lishini prognoz qilmoqda, bu esa amaldagi muhandislarning nafaqaga chiqishi va hozirgi ishchilarning ish joyini o‘zgartirishi bilan bog‘liq. Hozirgi kunda, Qurilish muhandislariga talab kuchlimi? Xa, ularga talab kuchli. Va juda ko’p tashkilotlarda. Ular ofisda, dala sharoitida yoki joylar orasida u joydan bu joyga haraktlanib ishlashadi, ular sanoat, hukumat, pudratchilar va xususiy mijozlar bilan hamkorlik qilishadi.
Qurilish muhandisligi qiyinmi?
Qurilish muhandisligi qiyin lekin juda qoniqarli soha. Bu sohaga tanlov qilganlar bir nechta texnik va yumshoq qobiliyatlarga ega bo‘lishlari kerak. Ko‘pgina fuqarolik muhandisligi ishlari muhandislik asoslari, matematika va fan bo‘yicha bilim hamda tajriba talab qiladi. Yo‘nalishiga qarab, fuqarolik muhandislari GIS, gidrologik modellashtirish, gidravlika va tuproq namunalarini olish kabi bir nechta sohalarda maxsus tajribalarga egalar.
Qurilish muhandisligini kelajagi qanday?
Fuqarolik muhandislarining, ya’ni xalq muhandislarining kelajagi yorqin ko‘rinadi. Ish o‘rinlarining barqaror o‘sishi va mintaqaviy, milliy hamda global muammolar uchun ijodiy va barqaror yechimlar yaratish uchun malakali fuqarolik muhandislariga bo‘lgan ehtiyoj kuchayib bormoqda.
«Fuqarolik muhandisligi» bo’lim lideri: Jasmina Sobirjanova
Tarjimon: Munisa Ergasheva
Tahrirchi: Nozima Mamajonova