Bosh sahifa Yo'nalishlar Fuqarolik Qurilishda smart materiallar
Fuqarolik

Qurilishda smart materiallar

Ulashish
Ulashish

So‘nggi yillarda fuqarolik muhandisligi yangicha innovatsion bosqichga kirib bormoqda — bunga sabab, atrof-muhitdagi o‘zgarishlarni “sezish”, ularga javob qaytarish, hattoki sharoitga moslasha olish qobiliyatiga ega bo’lgan smart materiallarning paydo bo‘lishidir. Bu zamonaviy materiallar ayniqsa qurilish muhandisligi sohasida loyihalash, qurish va texnik xizmat ko‘rsatish usullarini tubdan o‘zgartirib yubormoqda.

Smart materiallar ichida eng muvaffaqiyatli turlaridan biri bu — shaklni eslab qoluvchi qotishmalar (Shape Memory Alloy, qisqacha SMA) hisoblanadi. Ushbu metallarning o‘ziga xosl gi shundaki, ular qanchalik bukilib, deformatsiyaga uchramasin, issiqlik ta’sirida o’z shakliga qayta oladi. Qurilish muhandisligida bunday qotishmalar odatda ko‘priklar va binolarda zilzilaviy energiyani yutish va zilzila vaqtida zarar darajasini kamaytirish uchun ishlatiladi. Masalan, Yaponiyadagi Miyagi viloyati boshqaruvi binosida zilzilalarga bardoshlilikni oshirish maqsadida aynan shaklini eslab qoluvchi qotishmadan tayyorlangan silkinishni yumshatuvchi qurilmalar qo‘lla-nilgan. Bu texnologiya nafaqat inson hayotini asrashga xizmat qiladi, balki ta’mirlash xarajat-larini kamaytiradi va inshootning xizmat muddatini ham uzaytiradi.

Yana bir ilg‘or material bu — o‘z-o‘zini tiklovchi beton. Oddiy beton vaqt o‘tishi bilan yoriqlarga uchrashi mumkin, bu esa suv va kimyoviy moddalar oson kirib borib, inshootni  emirishiga sabab bo‘ladi. O‘z o‘zini tiklovchi beton tarkibida esa maxsus bakteriyalar yoki tiklovchi modda bilan to‘ldirilgan kapsulalar bo‘ladi. Beton yorilganda, bu moddalarga suv va havo tegishi bilan ular faollashadi va ohaktosh (kalsit) hosil qilib, yoriqlarni avtomatik tarzda to‘l diradi. Bunday texnologiya ayniqsa masofaviy yoki yetib borish qiyin bo‘lgan joylarda, masalan, tunnellar yoki suv osti quvurlarida, juda foydali bo‘lib, doimiy ta’mirlash ishlarisiz xiz-mat muddati ancha uzayadi.

Bugungi kunda piezоelektrik materiallar ham tobora keng qo‘llanila boshlayapti. Bu materiallar mexanik bosim ta’sirida elektr zaryadlari hosil qiladi. Ularni inshoot ichiga joylashtirish orqali bosim darajasi kuzatiladi, shuningdek, yoriqlar yoki shikastlanishning dastlabki belgilarini aniqlash mumkin bo‘ladi. Piezоelektrik sensorlar orqali yig‘ilgan ma’lumotlar asosida muhandislar binoni qachon ta’mirlash kerakligini bilib olishlari mumkin. Bu esa xavfsizlikni yanada oshiradi va xarajatlarni kamaytiradi.

Smart materiallardan foydalanish — bu “aqlli infratuzilma” sari dadil qadamdir. Shaharlarning kengayishi va iqlim o‘zgarishlari kabi global muammolar tobora ko‘payar ekan, binolar va ko‘priklar yanada bardoshli, moslashuvchan va o‘zini o‘zi ta’minlay oladigan bo‘lishi zarur. Smart materiallar aynan shundayimkoniyatni taqdim etadi — ular nafaqat tabiat kuchlariga bardosh beradi, balki ularga aqlli tarzda javob bera oladi.

Xulosa qilib aytganda, qurilish muhandisligida smart materiallardan foydalanish— bu faqat texnologik yutuq emas, balki xavfsizroq, samaraliroq va barqarorkelajak sari qadamdir. Tadqiqotlar davom etar ekan va xarajatlar kamayar ekan, atrofimizda tobora ko‘proq smart inshootlarni ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi.

«Atrof-muhit muhandislik» bo’limi lideri: Jasmina Sobirjanova
Tarjimon: Bobojonov Jafar
Tahrirchi: Ahmedova Odina

Ulashish

Leave a comment

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu mavzudagi maqolalar

Suzuvchi shaharlar

Iqlim o‘zgarishining jadallashuvi va dengiz sathining keskin ko‘tarilishi qurilish muhandisligisohasida ilgari kuzatilmagan...

Sohil Muhandisligi

Sohil muhandisligi bu – sohil yoki sohil yaqinida qurilish qilishdan yuzaga keladigan...

3D-bosma binolar: Qurilish muhandisligida yangi davr

Doimiy ravishda rivojlanib borayotgan qurilish muhandisligi sohasida kamdan-kam innovatsiyalar, 3D bosib chiqarish...

Fuqarolik muhandisligining kelajagi qanday?

Fuqarolik muhandisligi kelajagi porloq sohalardan biridir. Chunki ko’priklar, yo’llar, binolar, temir yo’llar,...