This translation is not available yet. The Uzbek article is shown below.

Elektr tarmog'i
Elektr tarmogʼi nima?
Elektr energiyasi markaziy elektr stansiyalarida ishlab chiqariladi undan so'ng kerakli manzillarga (uylar, sanoat korxonalari, shifoxonalar va h.k.) uzatiladi. Bu tizimli jarayon - elektr energiyasining ishlab chiqarilishidan to iste'molchigacha yetkazilishi - elektr tarmog'i deb ataladi.
Elektr tarmog'i asosan uchta asosiy bosqichdan iborat bo'ladi :
1. Elektr energiyasini ishlab chiqarish
Elektr energiyasi odatda elektr stansiyalarida mexanik energiyani (suv, bug', shamol yoki gaz yordamida) elektr energiyasiga aylantirish orqali hosil qilinadi. Bu jarayonda alternatorlar yoki generatorlar ishlatiladi. Bunda quyida keltirilgan eng ommaviy
usullardan foydalaniladi:
- Issiqlik elektr stansiyalari (ko'mir, gaz, neft yordamida)
- Gidroelektr stansiyalar (oqava suvdan foydalanadi)
- Yadro elektr stansiyalari
- Qayta tiklanuvchi manbalar yordamida (quyosh panellari, shamol turbinalari, geotermal energiya)
Albatta, har bir manbaning o'ziga xos afzalliklari va kamchiliklari bor: ularning narxi, atrof-muhitga ta'siri, ishonchliligi va boshqalar yuzasidan. Bunday stansiyalardan ishlab chiqarilgan energiya aslida yuqori kuchlanishdagi o’zgaruvchan tok (AC - alternating current) hisoblanadi.
2. Elektr energiyasini uzatish
Elektr energiyasi ishlab chiqarilgach, uni uzoq masofalarga yetkazish kerak bo'ladi. Buning uchun yuqori kuchlanishli uzatish
liniyalaridan foydalaniladi , bunday liniyalar tizimi ortiqcha energiya yo'qotilishining oldini oladi.

P (power) - uzatiladigan quvvat
U (voltage) - kuchlanish
R (resistance) - qarshilik (qarshilik yuqori bo’lganida ko’proq energiya issiqlik ajratishga sarflanadi va foydali energiya miqdori kamayadi)
Qarshilik L (sim uzunligi)ga to’g’ri proporsional bo’lgani uchun uzoq masofalarga
elektr energiyasini minimal yo’qotish bilan uzatishning yagona yo’li kuchlanishni oshirish (kuchlanish kvadrati qarshilikka teskari proprosional)
- Kuchaytiruvchi transformatorlar - past kuchlanishni oshirgan holda uzatadi.
- Uzatish liniyalari. Alyumin yoki misli simlar orqali yer osti yoki ustidan o’tkaziladi.
- Uzatish liniyalaridagi odatiy kuchlanish 110 kV dan 765 kV gacha bo'ladi.
Bu bosqichda hosil bo'lgan energiya shaharlar va qishloqlar yaqinidagi podstansiyalarga yetkaziladi.

3. Elektr energiyasini taqsimlash
So'nggi bosqich - taqsimlash, ya'ni bunda, yuqori kuchlanishdagi elektr energiyasining kuchlanishi maxsus transformatorlar orqali pasaytiriladi va undan so'ng hosil bo'lgan energiya iste'molchilarga (uylar, maktablar, zavodlar va boshqalar) yetkazib beriladi.
Uylar va inshootlarga yetib keluvchi kuchlanish standartlarga ko’ra 220V yoki 110Vni tashkil etadi. Ishonchli tarqatish tizimi barqaror va uzluksiz quvvat manbai uchun muhim hisoblanadi.
Quvvat tizimlaridagi hozirgi muammolar
Rivojlanishga qaramasdan, ko’plab mamlakatlar quyidagi muammolarga duch kelishadi:
Elektr energiyasini o’g’irlash va yo’qotish
Eskirgan infratuzilma
Qazilma yoqilg’ilarga yuqori darajadagi bog’liqlik
Tarmoqning beqarorligi
Bularni bartaraf etish uchun muhandislar va hukumatlar quyidagilarga diqqat qaratishmoqda:
Aqlli tarmoqlar
Yashil energiya tizimlarini integratsiya qilish
Energiya saqlash tizimlari
Raqamli monitoring hamda avtomatlashtirish
Xulosa
Quvvat tizimi zamonaviy sivilizatsiyaning tayanchi bo’lib, har bir soha taraqqiy etishi uchun imkon yaratadi. Xonadonlarimizni yoritishdan tortib global sanoatni quvvatlantirishgacha, elektr energiyasi shunchaki tovar emas, bu zaruratdir. Elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlashni tushunish bizga dunyomizning ishlashini ta’minlaydigan tizimlarning murakkabligi hamda ahamiyatini tushunishga imkon beradi. Talabalar va mutaxassislar uchun energiya tizimining asoslarini o’zlashtirish ko’plab karyera imkoniyatlarini va barqaror energiya kelajagiga hissa qo’shish qobiliyatini ochib beradi.