This translation is not available yet. The Uzbek article is shown below.

Suv Tanqisligiga Qarshi Texnologik Yondashuv: Yomg‘ir Suvini Qayta Ishlatish
Shahar hududlarida yomg‘ir suvini saqlab foydalanish tizimlari:
Amaliy qo’llanma
Muqaddima
Yer sayyorasi 70% suv bilan qoplangan, biroq faqatgina bu suvning 1%i insoniyat foydalanishi uchun xavfsiz va yaroqli. Mavjud suvlarning ko’pchiligi okeanlarda, chuchuk suvlar esa asosan tog’lardagi muzliklarda, muz qoplamalarda yoki chuqur yer ostida joylashgan. Mavjud chuchuk suvlarning 70 %i asosan qishloq xo’jaligini sug’orish uchun, va 22%i sanoat xo’jaligi uchun foydalaniladi. Dunyo miqyosida aholining o’sishi va iqlim o’zgarib borishi jadallashib borgani sababli, sog’liq uchun xavfsiz va yetarli miqdordagi suv manbasini ichki va notijorat fuqarolik maqsadlarda foydalanishni ta’minlash kuchli zaruriyatga aylanmoqda.
Yomg’ir suvini saqlab foydalanish tizimi
Mavjud chuchuk suv manbalarining cheklanganligi va tarmoqlar orasida ehtiyojlarning ortayotganligi, barqaror muqobil manbalarni topishning muhimligini orttirdi. Shunday yechimlardan biri - yomg’ir suvini saqlab foydalanish tizimi; bu kelajakda foydalanish uchun yomg’ir suvini to’plash va zaxiralashdir. Yomg’ir suvini saqlab foydalanish tizimlari oddiy yomg’ir suvini to’plash uchun foydalanidigan boshkalardan, butun uy xo’jaliklari va jamiyat ehtiyojlarini qoniqtira oladigan murakkab tizimli suyuqliklar saqlanadigan ulkan suv mexanizmlaridan iborat bo’ladi. Bu usullardan qishloq tarmoqlarida an’anaviy tarzda foydalanib kelinadi, markaziy suv manbalariga bog’liqlikni sezilarli kamaytira olganligi sababli yomg’ir suvini saqlab foydalanish tizimlari hozirda shahar hududlarda ahamiyati ortmoqda.
Shahar mintaqalarida yomg’ir suvini saqlab foydalanish tizimlari
Shahar mintaqalarida yomg’ir suvini saqlab foydalanish tomlar, ayvonlar, hovlilar va boshqa suv o‘tkazmaydigan yuzalardan oqib tushadigan suvlarni yig’ish va zaxiralashni o’z ichiga oladi. Zaxiralangan suv asosan hojatxona, kir yuvish, bog’dorchilik maqsadlarida va tozalash kabi uy ho’jalik maqsadlarida foydalaniladi. GhaffarianHoseinining 2016-yildagi xabarnomasiga ko’ra ushbu maqsadda suvdan foydalanish xo’jalik suv iste’molining 80-90% ni tashkil etadi. Yomg’ir suvini saqlab foydalanish tizimini joriy etish bilan, shahar hududlari suv bilan o'zini o'zi ta'minlash tizimini yaxshilaydi, kommunal tizimlardagi bosimni kamaytiradi va katta miqdordagi infrastruktura kengayishiga bo’lgan zaruratni kechiktiradi. Atrof-muhit muhandisligi rivojlanishda davom etar ekan, yomg’ir suvini saqlab foydalanish rivojlangan va rivojlanayotgan mintaqalarda barqaror suv boshqaruvi uchun istiqbolli strategiya sifatida paydo bo’ldi.
Atrof-muhit muhandislarining ahamiyati
Atrof-muhit muhandislari yomg‘ir suvini saqlab foydalanish tizimlarini muvafaqqiyatli joriy etish va yanada samarali qilish borasida muhim ahamiyatga egadirlar. Ularning ishlari shunchaki suv yig’uvchi inshootlarni loyihalashgina qolmay, atrof-muhit muhandislari tizimlarning xavfsiz, samarali va ular o’rnatilgan shahar va tegishli hududlarga moslashtirilganligini ta’minlash ham ularning vazifasidir. Yog’ingarchilik miqdori siklini va tomdagi suv yig‘ish maydonlarini tahlil qilishdan to’g’ri filtrlash sistemasi va zaxiralash yechimlarini tanlashgacha, muhandislar yomg’ir suvini saqlab foydalanishning foydali jihatlarini ko’paytirish va salomatlik va atrof-muhitga zararlarni kamaytirish maqsadida ilmiy va texnik ekspertizadan foydalanishadi.
Shahar hududlarida atrof muhit muhandislari suv sifati, tizim integratsiyasi va jamoat salomatligiga doir muammolarni ham hal etishadi. Ular asosan tashqi sug’orish ishlari uchun foydalanish maqsadida yig’ilgan suvdan ifloslantiruvchi moddalarni tozalashga mo’ljallangan tozalash qurilmalarini loyihalash ishlariga yordam berishadi. Qo’shimcha qilib aytadigan bo’lsak, atrof-muhit muhandislari qancha suv olinishi yoki hosil bo‘lishini oldindan bilish uchun modellarni rivojlantiradi, foydalanish yo’llarini faollashtiradi va toshqinni kamaytirish uchun tank sig’imini aniqlashtiradi va suv zahiralash samaradorligini oshirishadi. Ularning ishlari shahar rejalashtirish ishlari bilan ham chambarchasdir. Atrof muhit muhandislari arxitektorlar, shahar rasmiylari va yomg‘ir suvini saqlash va undan foydalanish qurilmalarini binolar loyihalariga va shahar qonunlariga muvofiqlashtiruvchi mutaxassislar bilan hamkorlik qilishadi.
Tizim loyihalashtirishdan tashqari, atrof muhit muhandislari siyosat rivojlanishini va yomg’ir suvini saqlab foydalanishni rag’batlantiruvchi jamoat ogohlik hararkatlarini qo’llab-quvvatlashadi. Ular xavfsizlik, chidamlilik va yomg’ir suvini saqlab foydalanish barqarorligini ta’minlovchi standardlar va umumiy qoidalarni shakllantirish jarayonlariga yordam berishadi. Dunyo miqyosida suv taqchilligi o’sayotgan muommoga aylanayotgan bir sharoitda, atrof muhit muhandislarining roli yomg’ir suvini ishonchli, ekologik toza manbaga aylantirishda muhim ro’l o’ynaydi.
Yomg’ir suvini saqlab foydalanishning foydali tomonlari

Xotima
Yomg‘ir suvini saqlab foydalanish toza ichimlik suvini tejash, tabiatga zararli ta’sirlarni kamaytirish va energiya samaradorligini oshirish bilan dunyo miqyosida suv tanqisligiga barqaror yechim taklif qiladi. Atrof-muhit muhandislari ushbu tizimlarni optimallashtirish, xavfsizlik va samaradorlikni ta’minlashda muhim omilga ega. Iqlim o’zgarishi suv tanqisligini o’stirayotgan bir paytda, yomg‘ir suvini saqlab foydalanish tizimi ko‘proq mustaqil suv ta’minoti va barqaror kelajak ta’minlashda muhim rol o’ynaydi.