Bosh sahifa Yo'nalishlar Dasturiy ta'minot AI odamlar kabi o‘ylay oladimi?
Dasturiy ta'minot

AI odamlar kabi o‘ylay oladimi?

Ulashish
Ulashish

2023–2024-yillarda sun’iy intellekt (AI) sohasida ko‘plab yangiliklar kutilmoqda. Ularning ayrimlari bizni hayratga solsa, quvontirsa, boshqalari xavotir va hatto qo‘rquv uyg‘otishi ham mumkin. Joriy yilda kompyuter va robotlar bajarayotgan ishlarini ko’rib insonlar “Unda inson zoti nega kerak?” degan savollarni o’zlariga berishmoqda. Aslida mashinalar ijodkorlik, sezgi, his-tuyg‘u va asl fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lishi mumkinmi? Bu savol uzoq vaqt davomida nazariy tajriba sifatida ko‘rilgan bo‘lsa-da, hozirgi kunda u zamonamizning eng dolzarb masalalaridan biriga aylanmoqda.

Turing maqolasi va Dartmut konferensiyasi

Alan Turing kompyuterlar o‘ylay oladimi degan savolni ilk bor o‘rganib chiqqan shaxs hisoblanadi. U 1950-yilda chop etilgan «Hisoblash texnikasi va intellekt» nomli mashhur maqolasida mashina zehnini hisoblovchi testni– «Taqlid o‘yini»ni (keyinchalik Turing testi deb atalgan) taklif qilgan. Turing “O‘ylash qobilyatiga ega mashinalar – bu ziddiyat emas”, degan fikrni bildirgan. Bir necha yil o‘tib, mashhur Dartmut konferensiyasida “sun’iy intellekt” atamasi paydo bo‘ladi. Konferensiyaning ilk kunida qatnashuvchilar quyidagi jasur g’oyanii ilgari suradilar: “O‘rganishning har qanday jihati yoki intellektning boshqa istalgan xususiyati shunday aniq tasvirlanishi mumkinki, mashina uni taqlid qila oladi.”

Inson aqli va idrokining chegaralari

Odamlar o‘zlarida mavjud bo‘lgan aql eng oliy daraja deb o‘ylashlari tabiiy, albatta. Axir biz, hayvonot dunyosidagi aql-zakovat piramidasining eng yuqori cho‘qqisida turamiz. Biroq, texnologiyalar rivojlanar ekan, bu piramida bizdan yuqoriga qarab ham kengayishi mumkinligini e’tiborga olishimiz lozim. Balki miyamizning tuzilishi va imkoniyatlari bizning idrok salohiyatimizni cheklayotgan bo‘lishi mumkin. Shunday ekan, mashinalar o‘z yaratuvchilaridan ham yuqori darajadagi aqlga ega bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Taqdimot davomida Chomsky, Nagel va Feynman kabi buyuk mutafakkirlarning bu boradagi fikrlari muhokama qilinadi.

Aql va tana

Rene Dekart birinchi bo‘lib aql va tana o‘rtasidagi farqni aniqlagan. Sizning tanangiz miyangizni o‘z ichiga oladi – miyangiz esa aqlingizni – aql esa sizni. Ularning o‘zaro munosabati hanuz to‘liq anglab yetilmagan. Aql miyada “ish yuritadi”, xuddi dasturiy ta’minot kompyuter qurilmasida ishlagandek. Bunda shunday savol tug‘iladi: sizning aqlingiz dasturiy ta’minotmi?

Tafakkur nazariyasi va anti-formalizm

Bu nazariya aql va tafakkur, faktlar va bilimlar asosida tabiiy ravishda shakllanishi mumkinligini ilgari suruvchi falsafiy yo‘nalishdir. Bu yondashuv Gobbs, Leybnits va Vittgenshteyn kabi faylasuflar tomonidan qo’llab-quvvatlangan. Biroq, anti-formalistlar, jumladan Haydegger, hammasi tajriba asosida degan fikrni ilgari suradi. Ularning fikricha, aqlni oddiy qoidalar yoki belgilar to‘plami orqali qisqartirib bo‘lmaydi. Bugungi kunda, aynan shu anchadan beri davom etib kelayotgan bahs generativ sun’iy intellekt sohasidagi yangiliklar orqali amalda yuzaga chiqmoqda.

Lyukas va Penrouz fikrlari

Lyukas va Penrouz mashinalar hech qachon fikr yurita olmaydi deb hisoblaydi. Ular bu fikrni matematik Kurt Gödelning ilgari surgan g‘oyalariga asoslashadi. Chunki Gödel hech bir rasmiy tizim o‘zini to‘liq tavsiflay olmaydi, deb isbotlagan. Lyukas va Penrouz bu haqiqatdan kelib chiqib, ong formal tizimdan tashqaridagi narsani talab qiladi, deb hisoblashadi va ong deterministik (aniq belgilangan) raqamli tizimdan paydo bo‘la olmaydi, degan xulosaga keladilar.

Mashina tafakkur tajribalari

Turing testi – bu mashina aqlini baholash uchun qo‘llaniladigan klassik test. Unda inson hakam mashina va inson bilan alohida-alohida muloqot qiladi. Agar obyekt mashina va insonni farqlay olmasa, demak mashina testdan muvaffaqiyatli o‘tgan hisoblanadi. Biroq, bu test aqlning ma’lum bir darjasinigina aniqlaydi, to’liq tushuncha bermaydi. Filofosof Jon Sörl tomonidan ilgari surilgan “Xitoy xonasi” dalillari bu testga qarshi chiqadi. Unga ko‘ra, mashina testdan muvaffaqiyatli o‘tishi mumkin, lekin u topshiriqni ongsiz ravishda bajaradi.

Xulosa

Mashinalar odamlar kabi o‘ylay oladimi degan savol asrlar davomida muhokama qilinib kelmoqda. Sun’iy intellekt sohasidagi yutuqlar bizni bu savolning amaliy jihatlariga tobora yaqinlashtirmoqda. Inson idroki va aqlining chegaralarini o‘rganish bilan birga, mashina aqli atrofidagi falsafiy bahslar ham davom etmoqda. AI kelajagi hayajonli shu bilan birga noma’lum hamdir. Ammo bir narsaga aminmiz: bu texnologiya inson bo‘lish nimani anglatadi degan savolni yanada chuqurroq anglashimizga sabab bo‘ladi.

Tarjimon: Baratova Sevinch
Muharrir: Husan Samandarov

Manba: https://www.techuk.org/resource/aiweek2023-cisco-wed.html

Ulashish

Leave a comment

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu mavzudagi maqolalar

 Internet qanday ishlaydi?

Asosiy xulosalar Internet hali ham nisbatan yosh texnologiya bo‘lsa-da, hozirgi hayotni uning...

Dasturiy ta’minot muhandisligi

Dasturiy ta’minot nima? Dasturiy ta’minot — bu kerakli funksionallikni ta’minlovchi ko’rsatmalar to’plamini...