Sohil muhandisligi bu – sohil yoki sohil yaqinida qurilish qilishdan yuzaga keladigan maxsus talablar va shu bilan birgalikda sohilning o’zini rivojlanishi bilan shug’ullanuvchi qurilish muhandisligining bir tarmog’i hisoblanadi.
Tizimning avtonom (mustaqil) rivojlanishi va insonlarning aralashuvi sababli yuzaga kelgan sohil topografiyasining (yer tuzilishining ) morfodinamik (morfo-tuzilish, shakl) o’zgarishlari kabi, ayniqsa to’lqinlar, toshqinlar, bo’ron ko’tarilishlari, sunamilar, va (tez-tez) tuzli dengiz suvining keskin muhiti ham sohil muhandislari uchun o’ziga xos qiyinchiliklar safiga kiradi. Shuningdek,sohil muhandisligining sohalari asosan okeanlar, dengizlar, chekka dengizlar, daryo qo’ltiqlari va katta ko’llarni o’z ichiga oladi.
Sohil sistemasining gidro (yunoncha “hydro” – “suv”) va morfodinamikasidagi maxsus bilimi tufayli sohil inshootlarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiya (foydalanish) dan tashqari, sohil muhandislari ko‘pincha sohil zonalarini kompleks ( har tomonlama) boshqarishda ham ishtirok etadilar. Bu sohilni atrof muhitga ta’sirini baholash, portlarni rivojlantirish, qirg’oqni himoya qilish strategiyalari, yerni qayta tiklash (melioratsiya), dengizdagi shamol elektro stansiyalari, va boshqa energiya ishlab chiqarish inshootlari kabi yo’nalishlarda fikr-mulohaza va texnologiyalarni taqdim etishni o’z ichiga olishi mumkin.
Maxsus qiyinchiliklar
Gollandiya sohilida playjni to’ldirish (qayta tiklash) ishlari.
Sohil muhiti: to’lqinlar, bo’ron oqibatidagi suv ko’tarilishlari, toshqinlar, sunamilar, dengiz sathidagi o’zgarishlar, dengiz suvi va dengiz ekotizimi, muhandislikning bu turi uchun maxsus qiyinchiliklar keltirib chiqaradi. Ko’pincha sohil muhandisligi loyihalarida meteorologik (ob-havo ) va okeanografik (okean va dengiz ) sharoitlarni ko’rsatuvchi diogramma: mahalliy shamol va to’lqin iqlimi bilan birgalikda boshqa qiziqish uyg‘otuvchi gidrodinamik kattaliklar bo‘yicha statistik ma’lumotlar va axborotga muhtoj bo’lamiz. Bundan tashqari, batimetriya (suv osti haqida òrganuvchi dan) va morfologik o‘zgarishlar ham
bevosita ahamiyatga ega. Cho‘kindi moddalar harakati va morfologik o‘zgarishlarni o‘rganishda esa dengiz tubi cho‘kindilarining tegishli xossalari, suvning va ekotizimning o‘ziga xos xususiyatlari zarur bo‘ladi.
Uzun va qisqa to’lqinlar Walter Munk (amerikalik olim) ning to’lqin davriga ko’ra okean to’lqinlar spektr (ròyxat) ini guruhlarga bòlinishi (1950) .

To’lqin hodisalarining – dengiz to’lqinlari, sergak to’lqinlar, toshqinlar va sunamilar – ro’yobga chiqishi ularning fizikasini muhandislik nuqtai nazaridan bilish uchun nafaqat raqamli balkim jismoniy modellarni ham talab qiladi. Hozirgi kundagi sohil muhandisligi amaliyotlari ko’proq tajribaviy ko’rsatkichlar tomonidan tekshirilgan va tasdiqlangan modellarga tayanadi. Chuqur suvdan qirg‘oqning sayoz suvlariga va tòlqin zonasiga kirganda tòlqinning shakl, tezlik va balandligida sodir bòladigon òzgrarishlarning to‘lqinlar uchun ta’siri muhimdir. Ushbu ta’sirlar sohil inshootlari yani : molllar,dengiz devorlari va to‘siqlari, to‘lqinlar tomonidan yuzaga keladigan oqimlar, masalan, to‘lqin urish zonasidagi uzun yo‘l oqimi, rip oqimlari va cho‘kindi moddalar transporti va morfodinamikaga ta’sir qiluvchi Stokes siljishi; portning ishlash vaqtining to‘xtashiga olib kelishi mumkin bo’lgan portlardagi, to’lqinlarning dengiz devorlari va to‘siqlaridan haddan tashqari oshib ketishi,masalan,to‘siqning barqarorligiga katta tahdid solishi mumkin.
Suvosti qurilishi
Sohil muhandisligi yer va suvning orasidagi interfeys ( òzaro aloqa) da yoki unga yaqin joyda amalga oshiriladi. Bu esa sohil muhandisligining muhim qismini xususan poydevorlarini suvostida qurishga sabab bo’ladi. Shuningdek,to’lqinqaytargichlar, dengiz devorlari, iskalalar (poydevor) pristavlar va doklar kabi port inshootlari, ko’priklar, tunnellar, kanalizatsiya chiqishlari va o’tish yo’llari odatda suv osti qurilishini talab qiladi.
Barqarorlik va yumshoq muhandislik
So‘nggi o’n yilliklarda, qirg‘oq muhandislari odatda dengiz devorlari, qirg’oq to’siqlari, iskalalarkabi inshootlar tomonidan yuzaga keladigan salbiy ta’sirlardan qochadigan struktural bo‘lmagan yechimlarni afzal ko‘rib

kelmoqda va ushbu yechimlar qirg‘oqni to‘ldirish, botqoqliklarni tiklash/yaratish va yashash muhitini tiklashni o‘z ichiga oladi. So‘nggi paytlarda, navigatsiya uchun texnik xizmat ko‘rsatish maqsadida qazib olingan materiallar, plyajlarni oziqlantirish va botqoqliklarni tiklash uchun bir qatorda marsh platformalarining balandligini oshirish orqali dengiz sathi ko‘tarilishiga moslashish uchun ham foydalanilmoqda. Shuningdek, so’ngi yillarda mintaqaviy cho‘kindi moddalar boshqaruvi ham qirg‘oq amaliyotchilari uchun asosiy strategiyaga aylangan. Bu asosan, qirg’oqqa yaqin cho’kindi moddalardan va qirg’oq morfologiyasi fanidan eroziya (yemirilish) ga uchrayotgan yerlarni mustahkamlash uchun, yig’ib olingan material to’plashda davom etishini anglagan holda, kerakli materiallarni yig’ib olish kerakligini aniqlashda foydalanadi. Mintaqaviy cho‘kindi boshqaruvining keng tarqalgan usullaridan biri bu plyajlarni oziqlantirish uchun oqim va to‘lqin sho‘r joylarini qazib olishdir. Ammo, mintaqaviy cho’kindi moddalar boshqaruvi ham dengizda va quruqlikda material resurslarining kamligini tan oladi.
https://en.wikipedia.org/wiki/Coastal_engineering
«Fuqarolik muhandisligi» bo’lim lideri: Jasmina Sobirjanova
Tadqiqotchi: Sarvara Kuylibayeva
Tarjimon: Xushnamo Nu’monova
Tahrirchi: Arabboyeva Gulira
Leave a comment