
21-asrning katta muammolaridan biri yo‘l qurilishining atrof-muhitga salbiy ta’sirga egaligidir. Yo‘llar transport va taraqqiyot uchun muhim, ammo ularni odatiy usulda qurish juda ko‘p tabiiy resurslarni sarflashga, ifloslanish kelib chiqishiga va ekotizimlarga zarar yetishiga sabab bo’ladi. Atrof-muhit muhandisligi esa bu muammoni hal etishda ekologik toza materiallar, qayta ishlash tizimlari va barqaror qurilish amaliyotlarini yaratish bilan yordam bermoqda. Yangi g‘oyalar yordamida muhandislar yo‘llar inson ehtiyojlarini qondirishi, va lekin sayyoraga zarar yetkazmasligini ta’minlamoqdalar.
“Ekologik toza yo‘l qurilishi” iborasi yo‘llarni atrof-muhit va kelajak avlodlar uchun foydaliroq usulda barpo etishni anglatadi. O‘tmishda yo‘l qurilishi faqat mustahkamlilik va joylarni bog‘lashga e’tibor qaratilib qurilish ishlari olib borilgan, va bu jarayonda uning atrof-muhitga ta’siri haqida o‘ylanmagan. Ammo 20-asrning oxirlarida odamlar ifloslanish, resurslarning kamayishi va iqlim o‘zgarishi haqida ko‘proq tashvishlana boshlagach, “yashil” qurilish g‘oyasi muhim ahamiyat kasb etdi.Va shundan so’ng, atrof-muhit muhandisligi esa ilm-fan va texnologiyadan foydalanib, yo‘llarning salbiy ta’sirini kamaytiradigan yechimlarni izlashni boshladi.
“Yashil” yo‘l qurilishining asosiy vazifalari va yutuqlari
Atrof-muhit muhandislari ekologik toza yo‘l qurilishining bir necha jihatlarini ishlab chiqishdi, jumladan:


Qayta ishlangan materiallar – yo‘llarda butunlay yangi materiallar o‘rniga qayta ishlangan asfalt, plastmassa yoki eski shinalardan olingan rezinadan foydalanish.
Iliq aralash asfalt – bu an’anaviy asfaltga qaraganda pastroq haroratni talab qiladi, natijada energiya tejaladi va issiqxona gazlari chiqindisi kamayadi.
Suv o‘tkazuvchan qoplamalar – suvni o‘tkazadigan yo‘llar toshqinlarni kamaytiradi va yer osti suvlarini to‘ldirishga yordam beradi. «
Bio-bog‘lovchilar – lignin yoki suvo‘t (alga) kabi tabiiy bog‘lovchilar neft asosidagi bog‘lovchilarni almashtirishi mumkin.
Yashil qurilish amaliyotlari energiya tejamkor texnika, quyosh energiyasi bilan ishlaydigan uskunalar va joyida materiallarni qayta ishlash.
Shovqinni kamaytiruvchi qoplamalar – akustik qoplamalar yaqin atrofdagi aholiga yo‘l transporti shovqinini kamaytiradi

Ekologik toza yo‘l qurilishi — bu inson ehtiyojlari va tabiat muvozanati o’rtasidagi uyg‘unlashtiruvchi yo‘ldir. Bu orqali qayta ishlangan materiallar va ekologik texnologiyalar orqali kelajak avlodlarga toza va sog‘lom muhitni meros qoldira olamiz. Shunday qilib, barqaror qurilish nafaqat muhandislik yutug‘i, balki kelajakka ochilgan yashil eshikdir.
“Atrof-muhit” bo’limi lideri: Ibrohim Eshmurodov
Tadqiqotchi va kontent dizayneri: Bahodirova Parvina
Tarjimon va tahrirchi: Zebiniso Majidova
Manbalar:
1) https://go.asphaltpavement.org/sip-111
2) https://doi.org/10.1016/j.ijtst.2018.12.001
3) https://link.springer.com/article/10.1617/s11527-022-02057-w
Leave a comment