Перевод пока не готов. Ниже показана статья на узбекском языке.

Nega Motorsport Muhandisligi Muhim?
Agar men sizga O‘zbekistonning birinchi milliy avtomobil brendini yaratishimiz mumkinligini desam-chi?
Agar avtomobilni tez haydash orqali jarima to’lash o’rniga, pul va mukofotlarga ega bo’lasiz desam-chi?
Agar men sizga Ford, Ferrari, yoki Porsche kabi brendlar bilan raqobatlasha olishimiz- hattoki ularni ortda qoldirishimiz mumkinligini aytsam-chi?
Bular endi orzular emas.
Atrofga qarab, nima uchun hamma joyda bir xil brend, bir xil shakllar, ruhlantirmaydigan avtomobillarni ko‘rishingiz haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Agar shunday bo‘lsa, demak siz innovatsiyani sevuvchi qalb egasisiz. Bir necha o’n yilliklardan beri bozordagi raqobatning va o’sishning yo’qligidan so’ng, O‘zbekiston nihoyat katta o’zgarishlarga yaqinlashmoqda — motorsport muhandisligi esa haqiqiy o‘zgarishlar uchquni bo‘lishi mumkin.
Motorsport Muhandisligi Nima?

Motorsport Muhandisligi bu kelajak laboratoriyasi. Bu yerda har kuni avtomobillarning imkoniyatlari chegaralarni kesib o’tadi — ularning tezligi, samaradorligi va xavfsizligi yanada yaxshilanishi uchun.
Avtomobil ixtiro qilinganidan beri odamlar mashinalarni solishtirib kelishgan. Bu qiziqish raqobatning paydo bo’lishiga sababchi bo’ldi. Raqobat esa motorsportni dunyoga kelishida asosiy ro’lni o’ynaydi. Aynan motorsport orqali vujudga kelgan texnologik revolutsiyaning mevalarini hozirgi kunda biz haydayotgan mashinalardan ko’rishimiz mumkin.
Motorsport trassalaridan boshlangan innovatsiyalar:
Hozirgi kunga qadar yaratilgan texnologiyalar:
Turbokompressorlar
Tubrokompressorlar motor uchun “kuchaytirgich” vazifasini bajaradi. Ular havo bosimi orqali motorni hajmini kattalashtiirb yubormagan holda yana kuchliroq qilish uchun foydalaniladi. Bu kamroq yoqilg’i sarflb yuqori tezlanishga erishish uchun yordam beradi. (3.1-rasm)
Spoyler
Poyga mashinalarining qanotlari tassavvur qiling. Spoyler va aerodinamik qanotlar (maxsus yuza) mashinaga havoni pastga yo’naltirish orqali yerda mahkamroq turishiga va yurori tezlikda uchib ketib qolishining oldini oladi. (3.2-rasm)
Qulflanmaydigan tormoz tizimi (ingliz tilida - ABS)
ABS — bu tormoz berilganda g‘ildiraklarning to‘liq qulflanib sirpanib ketishini oldini oladigan tizim.
U tormozni tez-tez bosib impuls berish orqali haydovchi mashinani nazoratda ushlab qolishiga va yo‘nalishni o‘zgartira yordam beradi. (3.3-rasm)
Sirpanish boshqaruv tizimi (ingliz tilida - TCS)
SBT g‘ildiraklar sirpanayotganini aniqlaganda, avtomatik ravishda quvvatni kamaytiradigan va tormoz berish orqali tezlikni pasaytiradi. Bu mashinani sirg’anchiq yo’llarda(asosan yomg’ir va qor yog’ganida) sirpanmasdan harakat qilishni ta’minlab beradi.(3.4-rasm)
Zarba yutuvchi zona
Mashinalarning bu qismi oldingi qismida joylashgan bo’lib, to’qnashuv vaqtidagi zarbani o’zlashtiradi va ichkaridagi haydovchi va yo’lovchilarning xavfsizligini ta’minlaydi.(3.5-rasm)
Ustki klapan val
Ustki klapan val motor silindirlarining tepasida joylashgan bo’lib, ushbu pozitsiyadan motorning aniq, samarali harakatlanishiga imkon beradi. Ayniqsa yuqori tezlikda uning ahamiyat juda katta. (3.6-rasm)
Gibrid Quvvat Tizimi
Gibrid Quvvat Tizimi - mashinada ikki xil dvigatel ishlashini bildiradi: biri benzinli yoki dizelli, ikkinchisi esa elektr bilan ishlaydigan motor. Ikkisi birgalikda ishlash orqali mashinaning yoqilg’i tejamkorligi hamda ekologik xavfsizlikni oshiradi.(3.7-rasm)
Energiya qayta ishlash tizimi
Energiya qayta ishlash tizmi (ERS) - avtomobil harakati paytida issiqlik va tormozdagi energiyani yo‘qotmasdan, uni qayta to‘plab, qayta foydalanish imkoniyatini taqdim etadi.

Poyga faqat avtomobillarni emas, balki g‘oyalarni ham sinovdan o‘tkazadi.
Bu — muhandislar uchun xato qilib ko’rish, sinab ko’rish, o’rganish va kashfiyotlar maydoni.
Aynan shu yerda muvaffaqiyatga erishgan texnologiyalar, vaqt o‘tib, kundalik avtomobillarimizda standartga aylanadi.
Bugun insonlar hayotini saqlab qolayotgan har bir xavfsizlik tizimi — aynan shu yerda boshlangan.
Iqtisodiy Kuch
Motorsport faqat texnologiya emas — bu haqiqiy iqtisodiy dvigatel.
Bitta to‘liq motorsport ekotizimi quyidagi sohalarda ish o‘rinlari yaratadi:
Muhandislar va Dizaynerlar
Texniklar va Mexaniklar
Ma’lumot tahlilchilari va Poyga samaradorligini oshiruvchi mutaxassislar
Ishlab chiqarish ishchilari va Yetkazib beruvchilar.
Marketing va tadbir hodimlari
Tadqiqotchilar va proffessrolar.
Taxminan, O‘zbekistonda motorsportni rivojlantirishning dastlabki o‘n yilligidayoq to‘g‘ridan-to‘g‘ri 8 000–10 000 tagacha ish o‘rni yaratilishi mumkin.
Va bugungi xorijiy loyihalar asosida yig‘iladigan zavodlardan farqli o‘laroq, haqiqiy motorsport ekotizimida – biz loyihalashtiramiz, biz yaratmiz, biz o’zgarishlar tadbiq qilamiz degani.

Milliy o’zlik
Motorsport avlodlarni ilhomlantira oladi. U bizni millat sifatida birlashishlikka hamda xalqaro sahnalar tomon harakat qilishlikka undaydi.
Sizni yana nimalar kutmoqda?
Ushbu maqola — birinchi qadamdangina iborat. Muhandis Uz “Motorsport Muhandisligi” bo‘limining navbatdagi postlarida quyidagi mavzular chuqurroq yoritiladi:
Avtomobil dinamikasi va aerodinamikasi
Barqaror poyga texnologiyalari
Motorsportda karyera qurish va ta’lim imkoniyatlari
Jamoani boshqarish tizimlari
Poyga trassalarini loyihalash va strategiyalar
Va boshqa sizni hayron qoldiradigan mavzular…
O‘z mahoratingizni ko‘rsating – Muhandis Uz bilan kelajakni yarating!
O‘zbekistondagi ilk yirik muhandislik tashabbuslaridan biri bo‘lgan Muhandis Uz sizni o‘z jamoasiga taklif qiladi!
Bu yerda siz nafaqat sevimli sohangizda bilim va tajriba orttirasiz, balki portfolioingiz uchun kuchli real loyiha ustida ish olib borish imkoniyatini ham taqdim etadi.
Bizning jamoaga o’zingiz sevgan yo’nalishda qo’shiling:
🔸 Video kontent yaratuvchilar – Instagram & YouTube uchun qisqa, ta’sirli motorsport videolari
🔸 Ijtimoiy tarmoqlar menejerlari – Telegram, LinkedIn, X sahifalarini yuritish, strategiya yaratish
🔸 Tadqiqotchilar – maqolalar uchun texnik, tarixiy va iqtisodiy ma’lumotlar izlash
🔸 Tarjimonlar va muharrirlar – maqolalarni professional o‘zbek tiliga tarjima qilish va tahrir qilish
Unutmang birgina qaror qanchalik katta o’zgarishlarga sabab bo’la olishini!
Unutmang tarixda haqiqiy jasorat egalarining ismlari qolishini!
Unutmang kelajak sizsiz yozilmaydi! U sizni kutmoqda.
📩 Kelajak: @muhandis_department (Telegram)