
Aqlli uy texnologiyasida sun’iy intellekt va elektrotexnika muhandislarining roli
Tasavvur qiling, mashaqqatli kun ortda qoldi va siz uyga qaytdingiz. Endigina eshikdan kirishingiz bilan yorug‘lik siz uchun eng qulay darajaga o‘zgaradi, sevimli musiqangiz yangray boshlaydi — bularning barchasi hech qanday tugmani bosmasdan amalga oshadi. Aqlli uylar shubhasiz, kelajak uylarining asosiy yo‘nalishidir. Bu g‘oyani haqiqatga aylantirishda elektrotexnika muhandisligi va sun’iy intellekt texnologiyalari tobora birlashib bormoqda. Xo‘sh, bu inqilobda elektrotexnika muhandislari va sun’iy intellekt sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar aynan qanday o‘rin egallaydi? Aqlli uy texnologiyasining rivojlanish bosqichlarini va muhandislar tomonidan qanday yondashuvlar talab qilinishini ko‘rib chiqamiz.
Aqlli uy — bu kompyuterlar va avtomatlashtirilgan tizimlar orqali yoritish, xavfsizlik, harorat kabi uy sharoitidagi asosiy funksiyalarni boshqarish imkonini beruvchi tizimdir. Bu tizimlar sun’iy intellekt, sensorlar, elektrotexnika va internet narsalari (IoT), telekommunikatsiya sohalarini o‘zaro bog‘laydi.
Bu texnologiyada ikki asosiy kuch mavjud:
Sun’iy intellekt (AI): foydalanuvchining odatlarini o‘rganib, qaror qabul qiladi va qurilmalarga avtomatik vazifalarni bajartiradi.
Elektrotexnika muhandislari: qurilmalarni ishga tushirish uchun zarur bo‘lgan apparat va elektr tizimlarini loyihalashtiradi hamda integratsiya(birlashtirish) qiladi.
Sun’iy intellekt aqlli uylarni qanday o‘zgartirmoqda?
Sun’iy intellekt uylarni yanada moslashuvchan, shaxsiylashtirilgan va energiyani tejovchi tizimlarga aylantirmoqda. Quyidagi sohalarda uning roli ayniqsa muhim:
1. Ovozni tanish va avtomatlashtirish
Google Assistant, Amazon Alexa, Siri kabi yordamchilar ovozni tushunib, turli buyruqlarni bajaradi.
–Yorug‘lik, termostat va kameralarni og‘zaki buyruq orqali boshqarish.
– “Yaxshi tun” kabi ssenariylar bilan barcha chiroqlarni o‘chirib va eshiklarni qulflash.
– Uy egasining kundalik odatlariga asoslanib avtomatik jadval tuzish.
2. Energiya sarfini boshqarish
AI yordamida termostatlar foydalanuvchining qachon uyda yoki tashqarida bo‘lishini oldindan aniqlaydi, isitish/sovitish tizimini avtomatik sozlaydi. Elektr quvvati sarfi bo‘yicha tavsiyalar beradi.
3. Xavfsizlik va kuzatuv
Sun’iy intellektga asoslangan xavfsizlik kameralari va harakat sensorlari noodatiy harakatni aniqlaydi va uy egalarini darhol ogohlantiradi.
Yuzni tanish texnologiyasi xavfsizlikni quyidagilar orqali oshiradi:
– Ma’lum oila a’zolari va mehmonlarini aniqlash.
– Uy egalarini notanish mehmonlar haqida xabardor qilish.
– Darhol javob berish uchun signalizatsiya tizimlari bilan integratsiya.
4. Aqlli maishiy texnika
Sun’iy intellekt bilan ishlovchi sovitgichlar, kir yuvish mashinalari:
– Xatoliklarni oldindan aniqlaydi (profilaktik ta’mir).
– Sovutgich ichidagi mahsulotlarga qarab xarid ro‘yxatini taklif etadi.
– Energiya va suvni tejash uchun eng qulay rejimlarni tavsiya qiladi.
5. Salomatlikni nazorat qilish
Yoshlar va ayniqsa keksalar uchun AI asosidagi tizimlar:
– Qulashni aniqlaydi va yaqinlarga xabar yuboradi.
– Uyqu sifatini kuzatadi va tavsiyalar beradi.
– Havo sifatini tahlil qilib, shamollatishni moslaydi.
Elektrotexnika muhandislarining vazifasi
Sun’iy intellekt dasturiy qismni, elektrotexnika muhandislari esa uni ishlatadigan apparat tizimni yaratadi. Ularning ishi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1.Sensorlar va sxemalarni loyihalash
Harorat, harakat, yorug‘lik, va namlik kabi ko‘rsatkichlarni o‘lchovchi sensorlar:
– Kuchsiz energiya bilan ishlashi uchun.
– Uzoq muddatga chidamli bo‘lishi uchun.
– Aniq ma’lumotlar berib, AI qarorlariga asos bo‘lishi uchun.
2.Aloqa va IoT tizimlarini ishlab chiqish
Wi-Fi, Bluetooth, Zigbee, Z-Wave orqali qurilmalar bir-biri bilan bog‘lanadi. Muhandislar signallarni yoki ma’lumotlarni kechiktirmasdan, juda tez ishlaydigan tizimlar yaratadi.
3.Energiya tejamkor tizimlar va aqlli tarmoqlar masalan:
Quyosh panellari, energiyani boshqaruvchi avtomatik tizimlar, quvvat saqlovchi tarmoqlar ya’ni akkumulyatorlar ustida ishlashadi.
4.Uy xavfsizligini oshirish:
Zaryaddan himoya qiluvchi qurilmalar, tutun detektorlari, avtomatik elektrni o‘chirish tizimlari:
– Qisqa tutashuvlar oldini oladi.
– Kuchlanishni barqarorlashtiradi.
Aqlli uylar kelajagi: Yaqin kelajakda quyidagi yangiliklar kutilyapti?
• 5G texnologiyasi: qurilmalarning tezroq ishlashini ta’minlaydi.
• AI asosidagi energiya tarmoqlari: elektr sarfini real vaqt rejimida optimallashtiradi.
• Robotika: uy ishlari uchun sun’iy intellektli robotlar.
• Biometrik xavfsizlik: barmoq izi yoki yuzni tanib olish bilan kirish.
• Yashil texnologiyalar: ekologik toza avtomatlashgan tizimlar ishlab chiqiladi.
Xulosa:
Aqlli uylar sohasidagi taraqqiyot sun’iy intellekt va elektrotexnika muhandisligi o‘rtasidagi hamkorlikka asoslanadi. AI uylarni aqlli, tejamkor va moslashuvchan qilsa, muhandislar esa ularni haqiqatga aylantiradigan texnik infratuzilmani yaratadi. Texnologiya tobora rivojlanar ekan, bu sohada ta’lim olayotgan talabalar va mutaxassislar o‘z bilim va ko‘nikmalari bilan kelajak uylarini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Agar siz sun’iy Intellekt yoki elektrotexnika sohasida o‘qiyotgan bo‘lsangiz, ayni paytda ushbu hayajonli va istiqbolli yo‘nalishda faoliyat boshlash uchun eng yaxshi vaqt.