
Kelajakni tezlashtirish: Oʻzbekiston motorsport inqilobi yangi bosqichga ko‘tarilmoqda
NAFKU O‘zbekiston kelajagini qayta yozmoqda
Motorsport va motorsport muhandisligini innovatsiya, xavfsizlik hamda milliy taraqqiyotning muhim yo‘nalishi sifatida targ‘ib etish vazifasi nafaqat tasavvurni, balki real natijaga ega hamkorni ham talab qiladi. Shu maqsad yo‘lida bizning bo‘limimiz O‘zbekiston Milliy Avtosport va Karting Federatsiyasi (NAFKU) bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi — bu mamlakatdagi FIA (Хalqaro avtomobil federatsiyasi) tomonidan tan olingan yagona boshqaruvchi tashkilot hisoblanadi. Vazifa hamda maqsadlariga keladigan bo’lsak, avtosportni rivojlantirish va xalqaro darajaga ko’tarish, mamalakat imiji uchun xalqaro avtosport musobaqalarini o’tkazish va butun dunyodan sayyohlarni jalb etish qilish.
Biz faqat faktlarni yoritmoqchi emasmiz, balki jarayon ortidagi tub o‘zgarishni ochib bermoqchimiz. Ushbu maqola O‘zbekistonning kutilmaganda global miqyosda dolzarblashuvi haqidagi e’tiborga loyiq ma’lumotlarni ochib beradi va siz ilgari faqat orzu qilgan misli ko‘rilmagan imkoniyatlar — xalqaro poyga litsenziyalarini olish yo‘llaridan tortib, to yirik infratuzilma loyihalarigacha bo‘lgan yo‘nalishlarni batafsil yoritib beradi.
Nega bu lahza O‘zbekiston motorsporti uchun muhim
So‘nggi uch oy davomida , NAFKU asosiy tashkilotchilik bosqichidan — Osiyo-Tinch okeani miqyosidagi musobaqalarda medal olishdan tortib, milliy yo‘l harakati xavfsizligi kompaniyalarini sezilarli darajada kengaytirish kabi xalqaro natijalarni qo’lga kiritdi. Ushbu maqola NAFKU jamoasi bilan olib borilgan chuqur kuzatuvlar, tadqiqotlar va maxsus intervyular natijasida tayyorlandi. Unda tashkilotning shiddatli rivojlanish jarayoni aks etdi, shu bilan birga ichki tizimdagi barqaror harakat va o‘sish dinamikasi ham yoritildi. Buning uchun, xususan, Nozanin Jo’raeva va Asilbek Yusupovning qimmatbaho vaqti, fikr-mulohazalari, hamda keng qamrovli axborot yordamlari uchun chuqur minnatdorchilik bildiramiz.
Ushbu tahlilning hozirgi vaqtda e’lon qilinish sababi shuki, O‘zbekiston o‘zining ulkan global bayonoti oldida turibdi — Toshkentda bo‘lib o‘tadigan nufuzli FIA Bosh Assambleyasiga mezbonlik qilish. Ushbu tadbir shunchaki konferensiya emas; u O‘zbekistonni jahon maydoniga rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib, NAFKUning strategik muvaffaqiyatini tasdiqlaydi va Markaziy Osiyoda motorsportning haqiqiy inqilobiy kelajagi uchun yo‘nalishlarni belgilaydi.

Chempionlar yetakchiligida yangi davr boshlanadi
Ushbu milliy islohotning eng kuchli o’zgartiruvchi omillaridan biri Anvar Abdamdjitovich Ergashevning NAFKUning yangi raisi sifatida bir ovozdan saylanishi bo‘ldi. Uning bu lavozimga tayinlanishi federatsiyaning global ishonchliligini oshiradi, negaki u sportning yuqori darajalaridagi chuqur va amaliy tajribasiga tayangan holda faoliyat yuritadi.
Rally ustasi: Ergashev O‘zbekistonning Rally va Autokross yo’nalishlari bo‘yicha sport ustasi va milliy chempion unvonlari bilan mukofotlangan.
Global tajriba: Uning rezyumesi FIA Jahon Kubogi T3 kategoriyasida (Raid Rally, Rossiya, 2021) g‘olib bo‘lganlik va tarixiy jihatdan O‘zbekistonning birinchi DAKAR-22 Rally ishtirokchisiga aylanganligini o’z ichiga oladi.
Ushbu yuqori tajribali rahbarlik, bosh kotib Aleksey Tsoy, va kengash raisi Elbek Shukurovning qo‘llab-quvvatlashi bilan NAFKUga nafaqat mahalliy poygalarni boshqarish, balki FIA Xalqaro Sport Kodeksini tatbiq etish uchun zarur bo‘lgan muassasa vakolatini beradi.

NAFKUning qonuniyligi 2019-yil 6-dekabrdan boshlab, FIA tomonidan mamlakatdagi barcha avtomobil sporti yo‘nalishlari uchun yagona sport vakolatli muassasasi sifatida tan olinishi orqali tasdiqlangan.
Jahon miqyosidagi mezbonlik
Haqiqiy inqilobiy harakat, Toshkent 2025-yil 10–12-dekabr kunlari FIA Bosh Yig’ilishlariga mezbonlik qilishi rejalashtirilgan. Ushbu yirik xalqaro motorsport tadbiri Markaziy Osiyoda ilk marotaba o’tkaziladi. Yig’ilish 149 mamlakatdan 245 dan ziyod FIA a’zolarini yig’adi, unga F1 afsonalari, 90 dan ortiq xalqaro chempionlar va yuqori martabali motorsport rasmiy xodimlari ishtirok etadi.
FIA prezidenti Muhammad Ben Sulayem ushbu tadbirni federatsiyaning strategik kengayishi uchun “hal qiluvchi lahza” deb atadi. O‘zbekiston uchun FIA oilasiga mezbonlik qilish nafaqat konferensiya, balki uning global motorsport xaritasida ishtirokini rasmiy va inkor etib bo‘lmas tarzda e’lon qilishdir.
Poyga yo’llaridagi muvaffaqiyat
O‘zbekiston milliy jamoalari ushbu birlashuvni aniq natijalarga aylantirishni boshlagan:
2022-yildan beri ular FIA Motorsport o’yinlarida ikki marta va Osiyo-Tinch okeani Motorsport Chempionatida (APMC) ishtirok etishgan.
2025-yilda Shri-Lankada o‘tkazilgan APMCda milliy jamoa Karting Endurance yo‘nalishida bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Yosh o‘zbek qizi APMCdagi karting musobaqasida kumush medalni qo‘lga kiritib tarix sahifalaridan joy oldi va federatsiyaning yoshlarga qaratilgan e’tiborining tezkor ta’sirini ko’rsatdi.
Shuningdek, NAFKU poyga jamoasi yaqinda Qirg‘izistonda o‘tkazilgan Drift Chempionatida ikkinchi o‘rinni egalladi.

Har kim uchun ochiq imkoniyatlarning boshlanishi
Motorsport nihoyatda qimmat sport turi bo’lib, yillik F4 jamoa xarajatlari ko‘pincha 1 million dollardan oshadi. NAFKUning strategiyasi ushbu to‘siqning kirish nuqtasini qulay va ravshan qilish orqali yengib o’tishdan iborat:
Boshlang’ich bosqich. Karting — bu yangi boshlovchilar uchun eng ko’p tavsiya etiladigan va birinchi nuqta bo‘lib, tajribasi kam yoki umuman bo‘lmagan ishtirokchilar uchun mo’ljallangan bo’lib, u yosh toifasiga qarab ikkiga bo’lingan: 7–12 yosh (Kadet) va 13 yoshdan katta (Senior). Bu nisbatan hamyonbop yo‘nalish bo‘lib, Formula-1 kabi professional poyga faoliyatlarining asosiy poydevorini tashkil etadi.
Yangi yo‘nalishlar. NAFKU poyga sohasini kengaytirib, Enduro mototsikl poygalari kabi ommabop va qulay yo‘nalishlarni joriy etmoqda. 2025-yil 9–10-avgust kunlari Ohangaron shahrida o‘tkazilgan ilk Turon Enduro Uzbekistan Cup musobaqasi muvaffaqiyatli o‘tkazilib, mintaqadan 30 nafar poygachini qamrab oldi.
Xalqaro imkoniyatlar. Eng muhim jihatlardan biri shundaki, NAFKU yosh poygachilarga xalqaro litsenziya olishga, ular uchun zarur bo’lgan FIA test sinovlariga tayyorlanishga yordam beradi. Tashkilotning asosiy maqsadi — “NAFKU haqida bilmaydigan yoki bu haqda orzu ham qilolmaydigan” iqtidorli yoshlarga ko‘prik vazifasini o’tab, ularning orzu-istaklarini real imkoniyatlarga aylantirishdir.

Tizim vazifasi: Kelajakni barpo etish
NAFKU oldida turgan eng muhim muammo va imkoniyat — bu infratuzilma masalasidir.
O‘zbekiston motosportining kelajagi bir yirik loyihaga bevosita bog‘liq, aniqroq qilib aytadigan bo’lsak — maxsus, xalqaro darajadagi poyga trassasini qurish.
Tegishli infratuzilmasiz, biz yuqori xalqaro sahnalarga chiqa olmaymiz, yoxud dunyoning turli burchaklaridan odamlarni jalb etib, bu jarayondan iqtisodiy foyda ham qila olmaymiz. Bu esa mamlakatimiz turizmi uchun o‘yinni butunlay o‘zgartiruvchi omil bo‘lishi mumkin.
Avvalgi karting bo‘yicha Tashkent Grand Prix kabi yirik mahalliy tadbirlar shahar yo‘llarida, xususan, Amir Temur maydonida o’tkazilgan. Bu holat vaqtinchalik bo’lib, shahar harakatini doimiy tarzda to’xtatib tura olmaymiz. NAFKUning uzoq muddatli maqsadi ko’p funksiyali xalqaro tizim — ralli, drift, gymkhana va karting musobaqalari o’tkazishga imkon beradigan ulkan majmua barpo qilishdir.
Ushbu poyga majmuasi quyidagi yo‘nalishlar uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi:
Kelajak chempionlarini tayyorlaydigan milliy motosport akademiyasini tashkil etish.
Yirik xalqaro musobaqalar va homiylarni jalb etish.
Ish o‘rinlari yaratish va sport turizmini rivojlantirish uchun yangi soha shakllantirish.
Shunday “kurash maydoni”siz, jahon darajasidagi yutuqlarga eltuvchi yo‘l to‘liq bo‘la olmaydi.

So‘nggi aylana: Oldinda kutilgan o‘zgarishlar
O‘zbekistonning motorsport maydoni, NAFKUning strategik va faol yetakchiligi ostida, o’z faollik sur’atini oshirib, sust holatini tark etdi. So‘nggi yillar davomida erishilgan yutuqlar: jahon maydonidagi aniq-ravshan muvaffaqiyatlar, jasur yoshlarni tayyorlash loyihalari va zarur global integratsiya orqali namoyon bo’lgani, inqilob allaqachon boshlanganini yaqqol ko‘rsatmoqda.
Yosh kadetlar karting trassalarida o‘z safarini boshlaydigan paytdan boshlab, Toshkentdagi Grand FIA Bosh Assembly’sigacha, NAFKU har bir qadam bilan O‘zbekistonning xalqaro maydondagi o‘rnini mustahkamlab kelmoqda.
Manba:
NAFKU jamoasi bilan intervyu
https://nafku.uz/
https://nafku.uz/nafku
https://kun.uz/en/news/2025/10/22/tashkent-to-host-fia-general-assembly-with-participants-from-149-countries
https://www.instagram.com/nafku.uz/
https://t.me/nafku_uzbekistan