
Motorsportda Karyera Yo‘li (1-qism): Dunyo Miqyosidagi Cheksiz Imkoniyatlar
Nega uzoq vaqt davomida Motorsport yo’nalishidagi maqolalar ko’rinmay qoldi?
Oxirigi uch oy davomida Motorsport jamoasi saytda ko’rinish bermagan bo’lsada katta o’zgarishlarni amalga oshirdi.
Xususan:
1. Yangi maqolalar ro’yxatini tuzish
2. Jamoa tarkibi qayta tuzildi.
3. Jamoamizga tadqiqotchi va mentor sifatida Malayziyalik PhD professor qo’shildi.
4. Jamoa’da yangi reglamentlar va jamoga qo’shilish uchun yangi standardlar joriy etildi.
4. O’zbekistonda Motorsportda Karyera Yo’li va Imkoniyatlari mavzusida yuzasidan O’zbekistondagi Avtopoyga tashkilotlari, klublari hamda poygachilari bilan suhbat hamda so’rovnoma o’tkazildi.
5. NAFKU (National Autosport and Karting Federation of Uzbekistan) bilan 1 oylik muzokaralar olib borildi va tashkilotning muhim shaxslaridan intervyu olindi.
6. Shuningdek siz hozirda o’qiydigan maqola ham Southampton va Bolton universitetlarini tamomlagan va Honda, Maserati, BMW va Ferrari katta jamoalarida muhandis sifatida faoliyat ko’rsatgan William H.Toet, 30 yillik F1’da tajribaga ega bo’lgan kuchli professor yordami bilan yozildi.
So’nggi uch oy mobaynida quydi keltirib o’tilgan katta o’zgarishlardan tashqari maqolalar sifatini oshirish bo’yicha qo’llanmalar, metodologiyalar tuzib chiqildi va bularning barchasi Muhandis Uz’ni kuzatib boruvchi o’quvchilar va qiziqqon yoshlar uchun yanada ishonchliroq, sifatliroq va sof maqolalarni taklif qilish imkoniyatini beradi.
Barchamiz bilamiz Motorsport O’zbekiston uchun yangi yo’nalish, shunday ekan yoshlarga Motorsport muhandislik ilmiga chuqur shon’g’ishdan avval, u haqida umumiy taassurot va tushunchalarni shakllantirishni afzal deb bildik. Professor Williamning quyidagi maslahatlaridan foydalanib nafaqat Motorsport balki umumiy karyera qurishdagi foydali maslahatlarni hamda tog’ri qaror qabul qilishga yordam beradigan ma’lumotlarga ega bo’lasiz.
Kirish (quyidagi so’zlar 30 yillik F1 tajribasiga ega professor tomonidan o’quvchilarga aytilgan)
Siz orzu qilgan kelajakka tayyorlanishning ko’pgina yo’llari mavjud. Shaxsan men muhandislik va motorsport aerodinamikasiga qiziqaman. Yuzlab iste’dodli shaxslar bilan ishlagan inson sifatida shuni ayta olamanki, o’zingiz xohlagan kasb egasi bo’lishning bir talay yo’llari bor. Quyida umumiy tavsiyalar, shuningdek, motorsport muhandisligi va aerodinamikasiga oid aniq masalahtlar keltirilgan.
Mundarija
A. Umumiy Tavsiyalar.
Allaqachon ishlayabsiz, lekin orzularing boshqa
Qo’shimcha ta’lim yoki biror kasb?
Bitirish arafasidamisiz?
Universitetga kirish yoki to’g’ri trening tanlash?
Juda yoshmisiz?
Ish tajribasi.
Sizning munsobatingiz hamma narsani hal qila oladi.
2016-yil 7-aprel kuni do’stim Ian Wright dan batafsil fikr-mulohazalarini tingladim va ularni siz bilan baham ko’rmoqchiman. Negaki, hech kim har narsani bilib tug'ilmaydi, shunday ekan, do'stimning fikrlari motorsport sohasidagi turli yo’nalishlarda muhandis bo’lishni istaganlar uchun juda foydali bo’ladi deb hisobladim.
Shuningdek “F1 hashamatli” olam deb o’ylash va katta kutuvlar qo’yib yuborish ham to’g’ri bo’lmaydi, motorsport mexaniklarida juda katta mehnat talab qilinadi. Umuman olganda barcha mexanik kasblari qiyin bo’ladi biroq F1 global shou-biznes bo’lganligi sababli asl qiyinchliklar ko’rinmay qoladi.
Umumiy Masalahatlar
1. Allaqachon ishlaysiz, lekin orzularingiz boshqa.
Universitetni bitirib, birinchi to’liq stavkali ish faoliyatimni boshlagan paytimda, men dastlab motorsport bilan havaskor sifatida shug’ullanganman; ham poyga haydovchisi, ham avtomobil tayyorlash ishlarida. Boshida, motorsportga karyera sifatida qaramagan edim, qachonki bu soha kam sonli ish joylarini taklif qilishini bilib, atigi bir necha soat yoki kunlar ichida muvaffaqiyatga erishish imkonini berishini anglamagunimga qadar. Shuningdek, bosim ostida ishlash menga juda mos kelishini va bu hissiyot meni hanuz tark etmaganini anglab yetgunimga qadar. Shunday ekan, agar o‘zingizni majburlasangiz va imkoniyat paydo bo‘ldi deguncha uni mahkam ushlasangiz, orzu qilgan sohangizda faoliyat yuritish eshiklari ochiladi.
Hech jahonda o‘zingiz xohlagan ish turini “ishdan keyin” bajarishingiz mumkinmi? Kechki paytlarda qo‘shimcha yozdi-chizdi ishlarini olib borish imkoniyatingiz bormi? Bo‘sh vaqtingizda ish izlashga energiyangiz yetishiga ishonchingiz komilmi? Qarang, ahir bularning istalgan biri hayotingizni o‘zgartiruvchi qarorni qabul qilishingizga yordam berishi mumkin-ku.
Motosport sohasida ehtiyojlarni qoplash uchun maxsus ta’lim muassasalari mavjud bo'lib, ko‘plab yetakchi universitetlar juda puxta tashkil etilgan magistratura kurslarini taklif qilmoqdalar, shuningdek, hozirda bakalavr darajasidagi talabalar uchun ham maxsus kurslar yaratilgan. Bu kurslarni motorsport sohasida ishlayotgan hamda bilim va malakasini oshirish maqsadida yurganlar ham o'qishi mumkin. Ulardan ayrimlari ta'lim shakilini onlayn (Buyuk Britaniya) olib borsa, ba'zilari esa dam olish kunlari mobaynida o'tkazadi (masalan Italiya). Boshqa mutaxassislar esa qisqa muddatli intensiv treninglarni taklif qilishadi, ular odatda qimmat bo'lishiga qaramay juda sifatli hisoblanishadi.
Ian’dan iqtibos:
13 oylik amaliyot dasturlari, bitiruv dasturlari va umumiy ishga qabul jarayonlari orqali ko‘plab muhandislarni Formula 1’ga jalb qilganim sababli aytishim mumkinki, maxsus motorsport kurslari odatda yetakchi universitetlarning yaxshi muhandislik dasturlaridan unchalik samarali emas. Ba’zan motorsport kurslaridan juda yaxshi nomzodlar chiqadi, ammo bu odatda ularning o‘zidagi intilish va maqsadga sodiqligi bilan bog‘liq bo‘ladi. Shunday ekan, agar siz maxsus motorsport kursiga kirishga qaror qilgan bo‘lsangiz yoki o‘ylayotgan bo‘lsangiz, bu motorsport kompaniyasiga kirishning oson yo‘li emasligini biling. Ko‘proq an’anaviy muhandislik yoki matematika darajasi ba’zan yaxshiroq tanlov bo‘lishi mumkin.
Qo’shimcha ta’lim yoki biror kasb?
Menga tez-tez beriladigan savollardan biri: masalan, men PhD qilaymi yoki zo‘r ishga kirmaymi – qaysi birini tanlashim kerak? Agar siz qilmoqchi bo‘lgan ish uchun PhD majburiy shart bo‘lmasa, men zo‘r ishni tanlash tarafdori bo‘lardim. Negaki ish tajribasining o‘ziga xos qiymati bor. Tasavvur qiling sizni yaxshi lavozimingiz bor, o‘zingizni ko'rsata olasiz, “muvaffaqiyat zinapoyasi”ga ko‘tarila boshlaganingizda o‘zingiz uchun ham ko‘proq bilim va tajriba orttirasiz.
Agar savol boshqacharoq tus olsa, misol uchun: “PhD o'qiymi yoki unchalik xohlamagan ishimda ishlaymi?”, bu butkul boshqa masala. Agar bunday tanlov sizning hayotingizning erta davrida paydo bo'lgan bo‘lsa va doktorlik ishlari kelajakdagi maqsadlaringiz bilan bir oqimda bo‘lsa, men PhD o'qishni tanlashingiz tarafdori bo'laman.
Faqat ehtiyot bo‘lishingiz kerakki, ‘abadiy talaba’ bo‘lib qolish ehtimoli bor. Ish beruvchilar sizda ish qilishga intilish borligini, ular uchun kerakli ishni oqilona tarzda bajara olish qobiliyatingizni ko‘rishni xohlashadi. PhD oson yo‘l emas. Natijaga erishish – pul topish maqsadida qilinadigan ishdan ko'ra ancha ko‘proq mehnat talab qiladi. Bu esa kuchli sabr-toqat evaziga keladi. Shunga qaramay, bo‘sh vaqtingizni to‘g‘ri rejalashtirish o'ta muhim, odam dam olish ham kerak. Agar siz hordiq chiqarishni foydali tajriba orttirish bilan birga bir vaqtda bajara olsangiz, bu harakatingiz ish topishingizga qo‘shimcha yordam bera oladi.
Ian’dan iqtibos:
Men ilgari uch yillik muhandislik dasturini tamomlagan, to‘rtinchi yilini davom ettirish niyatida bo‘lgan, biroq 13 oylik amaliyotdan keyin Formula-1 jamoasidan ish taklifini qabul qilgan insonlarni ishga olganman. Bu ular uchun yaxshi natija berdi, ammo baribir ularni ‘universitetni endigina bitirgan yosh yigit’ sifatida ko‘rish xavfi mavjud.
Shu bois magistratura yoki ayniqsa dolzarb sohada PhD darajasini olish juda katta foyda keltiradi. PhDning muhim afzalliklaridan biri shundaki, u ko‘pincha bitiruvchilar uchun o‘tkaziladigan ommaviy ishga qabul jarayonidan o‘tishga hojat qoldirmaydi. Ko‘plab nomzodlar bunday tadbirlarni yoqtirishmaydi, ayrimlari esa ularda yaxshi natija ko‘rsata olmaydi, garchi aslida jamoa uchun juda zo‘r xodim bo‘lish salohiyatiga ega bo‘lsalar ham. PhD darajasiga ega bo‘lganlarda esa odatda aniq bir lavozim uchun suhbat o‘tkaziladi, ular maxsus bitiruvchilar dasturiga qo‘shib yuborilmaydi
3. Bitirish arafasidamisiz?
Raqobat juda keskin, qolaversa, o‘qishni oxiriga yetkazishga halal beradigan ko‘plab vasvasalar va chalg‘ituvchi omillar bor. Shaxsan men bitiruvdan so‘ng bir yil ta’tilga chiqishning foydasini uncha yuqori baholamagan bo'lar edim, lekin buni o'z foydalariga aylantirgan odamlarni ko‘rganman.
Mening moliyaviy holatimda imkoniyatlarim yo’q bo’lgani bois, so‘nggi imtihonim o'z nihoyasiga yetishi bilanoq ish boshlashimga to‘g‘ri kelgan. Shuning uchun bo'lsa kerak, mening dunyo qarashim, ehtimol, bir oz subyektiv. Agar pul ishlab topmasam, kamroq ovqat yeyishimga to‘g‘ri kelardi. Bu ahvolim meni ishni imtihon mavsumi boshlanishidan oldin topib qo‘yishim kerakligini uqtirardi.
To'g'ri, ba’zan o’zimga to’g’ri kelavermaydigan ishga ham rozi bo‘lishingizga to‘g‘ri kelishi mumkin, lekin agar u sohangizga aloqador bo‘lsa yoki tegishli ko‘nikmalarni bera oladigan ish bo‘lsa, bu imkoniyat hayotingizdagi yaxshi keyingi bosqich bo‘lishi mumkin.
Mening birinchi ishim avtomobilsozlik sanoatida edi... Va u menga qanday katta bilim berganini o‘sha paytda tasavvur ham qilmagan ekanman. U menga korporativ fikrlash tarzini o'rgatib, kompyuterlardan foydalanish bo‘yicha ko’nikma ilmini o’rgatdi, bundan tashqari jismoniy mahsulotlarni ishlab chiqarishning yuzlab usullari bilan tanishtirdi. Bilasizmi, bu bilimlar bebaho edi.
Agar sizga ta’til kerak bo‘lsa, buni tushunishish mumkin albatta. Ammo siz imkon qadar erta o'z kelajagingizdagi variantlaringizni belgilab olishingiz lozimdir. Balki uzoqroq tanaffus paytida yarim stavkali ish qilishingiz mumkin bo'lar? Va buning o‘ziyoq yaxshi belgi hisoblanadi.
4. Universitetga kirish yoki to’g’ri trening tanlash?
Tanlagan sohangiz bo‘yicha eng yaxshi bilim olish imkonini beradigan hamda obro‘li ta’lim muassasasini tanlash, albatta butkul boshqa-bishqa narsalar. Va bu tanlov kurashishga va haqiqiy kuch sarflashga arziydi. O‘qish yoki malaka oshirish natijalari ham muhim albatta, lekin faqat shunga yopishib olib, qolgan barcha narsani e’tiborsiz qoldirish ham maqsad muvofiq bo'lmaydi.
Inson sifatida ham rivojlanishingiz kerak. Bo‘sh vaqtingiz hayot va ishingiz bilan bog‘liq bo'lgan qimmatli ko‘nikmalarni o‘rgatishi mumkinligini bilarmidingiz? O'zingizga savol bering, siz ta’tilda nima qilasiz? Hayotda foydali bo‘ladigan ko‘nikmalarni o‘rganish bilan birga, maroqli vaqt o‘tkazish imkoniyatlaringiz bormi? Bo‘sh vaqtingizdan sizni ilhomlantiradigan, oldinga undaydigan narsalarni aniqlash uchun foydalanishingiz mumkinmi? Kelajakda eshiklarni ochadigan yozma yoki og‘zaki tavsiyanomalar beradigan ish tajribasini qo‘lga kirita olasizmi? Hattoki, ko'zlab qo'ygan narsangizni sotib olish uchun pul topish maqsadida ishlashning o‘ziyoq, kelajakdagi ish beruvchingizga sizda ma’lum darajada qat’iyat borligini ko‘rsatadi.
Shogirdlik (apprenticeship) ko‘plab sohalarda, jumladan, motorsportda ham kasbi-kor qilish boshlashni a’lo usullaridan biridir. Ba’zi bir o'qishni pul bilan tamomlab, PhDni qo'lga kiritgan insonlar bu yo‘lni pastroq yo‘l deb bilishadi. Ammo shogirdlikni tugatib ish boshlagan shaxsda, hatto universitetdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri PhD olgan kishida bo‘lmaydigan amaliy ko‘nikmalar va tajriba mavjud bo‘ladi. Misol uchun, poyga avtomobilini yaratish, texnik xizmat ko‘rsatish, sozlash va ishonchliligini ta’minlash ko'nikmalari shakllangan bo‘ladi. Buni faqat nazariya bilan qilish mumkin emas, balki boshqa jihatlarni ko'ra-biladigan odamlar zarur.
Men o'z jamoamda atrofdagi narsalarga hammadan boshqacha yondashadigan odamlarga ega bo‘lishga intilaman va ishonamanki, shogirdlik orqali o‘rganilgan bilimlar — turli fikrlar uyg‘unlashgan jamoa uchun juda muhim. Ishlab tajriba orttirgach, o‘qishga qaytib, o'ziga mos keladigan diplomni qo'lga kiritgan va natijada malaka hamda tajribani uyg‘unlashtirib, juda talabgir mutaxassisga aylangan ajoyib insonlarni taniyaman.
Shogirdlik haqida gap ketarkan… Yevropadagi eng muvaffaqiyatli kompaniyalarning ko‘pini, o'sha kompaniyalarda oddiy ishchi sifatida ish boshlagan odamlar boshqaradi. Narsalarni qanday yaratishni chuqur bilish, nazariyotchilarga qaraganda juda katta ustunlik bo‘lishi mumkin. O'ylab ko'ring, universitet sizga haqiqatan ham kerakmi? Universitetlarda odatda o‘rgatilinmaydigan, ammo foydali va ish topishda yordam beradigan ko‘nikmalar juda ko‘p. Agar hayotda o‘z biznesingizni boshlasangizu va u muvaffaqiyatli bo'lib chiqsa, sizga ish taklif qiladigan odam topilmaydi. Shuning boisdan ta’lim darajangiz potentsial ish beruvchiga ta’sir qilmaydi, siz o‘zingizning ish beruvchi bo‘lasiz. Qobiliyatingiz bundan ham muhimroq. Ko‘plab tadbirkorlarning rasmiy ta’limi uncha yuqori emas. Shunday bo‘lsa-da, imkoningiz bo‘lsa, mustahkam ta’lim olishni tavsiya qilaman, chunki bu siz uchun ko‘proq imkoniyatlar eshiklarini ochadi. Ammo har bir inson o‘z qarorini o‘zi qabul qiladi.
5. Juda yoshmisiz?
Agar siz hamon maktab yoshidagi bola bo‘lsangiz va allaqachon kelajakda nima bilan shug‘ullanishni xohlayotganingizni bilsangiz, bilingki bu juda katta ustunlik! Shu sohada allaqachon ishlayotgan mutaxassislardan maslahat olishga harakat qiling. Bunday maslahat olish uchun hech qachon erta emas, bu sizga o‘qish va bo‘sh vaqtingizni shunday yo‘naltirishga yordam beradiki, kelajakda ideal ish nomzodi bo‘lishingiz uchun bu katta imkon yaratadi.
Faqat o‘qishning o'zi bilangina chegaralanib qolmang, biroq yetarlicha yaxshi o‘qingki, siz “juda yaxshi nomzod” sifatida e’tiborni o'zingizga qaratasiz. Bo‘sh vaqt eng qimmatli narsalardan biri bo‘lishi mumkin - qachonki, agar oila va do‘stlaringiz aloqalari orqali tajriba orttirib, kelajakdagi karyerangizda foydasi asqotadigan narsalarni sinab ko‘rib, zavqlansangiz. Maktabda “moslashish” haqida juda ko‘p tashvish qilmang, mabodo agar bu sizga notabiiy ko'rinsa — ideal o‘quvchi bo‘lmagan ko‘plab insonlar o‘zlari uchun buyuk hayot qurganlar, buni yodda saqlang. Boshqa tomondan, hayotda oldinga yurish uchun nimani qoyillatishingizni aniqlashingiz kerak va maktab buni o‘rganishni boshlash uchun ajoyib joy! Siz uchun ixtisoslashgan maktabga kirish imkoniyati bormi?

6. Ish tajribasi.
Siz ishlamoqchi bo‘lgan har bir sohada, odatda hamma tanigan yirik kompaniyalar bo‘ladi. U yerda tajriba orttirish yaxshi narsa, lekin doimo eng yaxshisi bo‘lib chiqavermaydi. Nega deyaizmi, masalan men motorsport tajribamdan foydalanib, F1 ga kirishdan oldin “quyi formulalar” bilan bog‘liq ishlarda ishladim. Bu menga F1 dagidan ham ko'proq tajriba va bilim berdi, va oxir-oqibat F1 uchun yanada qimmatliroq bo‘lishimni ta’minladi.
Kichik bizneslarda esa siz ko‘proq mayda-chuyda narsalarga aralashishga majbur bo‘lasiz — bu hatto afzallik ham bo‘lishi mumkin. Agar sohaning o‘zidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ish topa olmasangiz, unda bu sohalarni qo‘llab-quvvatlaydigan kompaniyalar haqida nima deysiz? Masalan, avtomobil sanoati, xususan motorsport uchun butlovchi qismlar, materiallar, asboblar va har xil turdagi xizmatlarni yetkazib beradigan minglab kompaniyalar mavjud. Bular ham o‘rganish va hayotingizni boshlash uchun juda yaxshi joylar bo‘lishi mumkin. Harakatdan to‘xtamang!
Formula SAE/Student ga butkul sho‘ng‘ish – bu ish tajribasining eng yaxshi shakllaridan biridir. Yangilik qilishni xohlagan har bir inson buni qila oladi. Jamoalar hajmi va mablag‘ miqdori jihatidan juda farq qilsada, baribir barchasi bilimni keskin oshirish manbai bo‘lishi mumkin. Agar imkoniyatingiz bo‘lsa, uni aslo qo‘ldan boy bermang. Motorsportdagi barcha bosimlarni shu yerda ham his qilasiz: vaqt, mablag‘, mas’uliyat (va uning yetishmasligi), insonlarning ego'si, orzular – hammasi. Shuningdek, siz haqiqatan ham amaliy ishga qo‘l urib, poyga mashinasini yig‘ish jarayonining sirlarini o‘rganasiz. Shu imkoniyatni qo‘lga kiritganingizda esda tutingki, vaqt o‘ylaganingizdan tezroq o‘ta boshlaydi va sizning loyihangiz – siz uchun muhim bo‘lgan qismlarni tayyorlab berishga va’da qilgan homiylar ro‘yxatida oxirgi o‘rinda turadi... Agar buni esda tutsangiz, muvaffaqiyatga erishish imkoniyatingiz bo‘ladi.
Bugungi kunda musobaqalarda qatnashayotgan jamoalarning aksariyati universitetning qiziqish bildirmaganiga qaramay, qat’iyatli shaxslar yoki kichik guruh studentlar tomonidan tashkil etilgan. Bu, do‘stlarim, agar o‘quv muassasangizda F.SAE/Student bo‘lmasa – siz uchun katta maslahatdir.
Ian’dan iqtibos:
Bu juda yaxshi maslahat, lekin juda muhim jihati bor – siz albatta faol qatnashib, nima qilayotganingiz va nima uchun qilayotganingizni chuqur tushunishingiz kerak. F.SAE/Student da qatnashishning o‘zi yetarli emas. Men bu loyihada qatnashgan, lekin undan kerakli narsalarni o‘rgana olmagan juda ko‘p odamlar bilan suhbatlashganman va ularni suhbatdan o‘tkazganman.
7. Munosabat deyarli hamma narsa.
Butun umrim davomida odamlarni ishga qabul qilish va kuzatish jarayonidan, ishchining ham, u ishlaydigan kompaniyaning ham muvaffaqiyatga erishishi ko‘proq nimaga bog‘liqligini tushundim. Avvalo, insonda yetarlicha oqilona malaka bo‘lishi kerak, ammo tanlashda asosiy e’tibor uning munosabatiga qaratilishi lozim ekan. Qanday munosabatni izlash kerak deysizmi? Bular fidoyilik, an’anaviy qoidalardan tashqarida fikrlash hamda ishlashga tayyorlikdir.
Hayotiy ko‘nikmalar ham ta’lim darajasi kabi muhim, shu sababli suhbatlarimda ish mavzusidan biroz chetga chiqishga ham harakat qilaman, shunda odam guruhga qanday moslashishini his qilaman. Guruhdagi ba’zi ego’si katta odamlar tufayli jamoada moslashuvchanlik yo’qoladi. Men turli shaxsiyatlardan iborat, turfa ta’lim va hayotiy tajribaga ega guruhlarni yoqtiraman, murakkab masalalarni hal qilishda turli burchaklardan qarash imkoniyati juda foydali bo‘ladi. Agar siz ish beruvchi bo‘lsangiz, odamlarga jiddiy e’tibor bering, ko‘p kompaniyalar bu borada ancha sust. Yaxshi kadrlarni yo’qotish deyarli har doim qimmat tushadigan yo’qotishlardan bo’lib, buni ko’pgina rahbarlar tan olishadi.
Foydalanishni unutmang!
Quyida sizga taqdim etilayotgan maqola — oddiygina o‘qib qo‘yish uchun yozilmagan. Uni yozishda jamoamiz ko‘p kuch va mehnat sarfladi. Bu maqola — qo‘lga olib qo‘yiladigan “amaliy qo‘llanma”, ya’ni uni o‘qibgina qolmay, hayotingizda tatbiq etish va xohlagan maqsadingiz sari yo‘l olishingiz uchun xaritadir.
Motorsport’ga qiziqib, ammo qayerdan va qanday boshlashni bilmayotgan do‘stlaringiz bilan albatta ulashing. Chunki bu maqola ularga boshlang‘ich nuqta bo‘lib xizmat qiladi.
O‘zbekistonda Motorsport hali ko‘pchilik nazarida afsona yoki imkonsiz orzudek tuyulishi mumkin. Lekin bizning kelgusida chiqadigan maqolalarimiz bu noto‘g‘ri qarashlarga kuchli zarba bo‘ladi.
“Motorsportda Karyera Yo‘li” nomli keyingi maqolalarimizda biz yanada batafsil va aniq yo‘nalishlarga oid ixtisoslashgan ma’lumotlarni ko‘rib chiqamiz. Yakunda esa O‘zbekistonda Motorsport’ning ildizlari qayerda ekanini, bugungi ahvolini, kelajakdagi rejalarini hamda aynan shu yurtda karyera qurishni xohlaganlar uchun zarur bo‘ladigan ilk amaliy qadamlardan boshlab eng muhim foydali ma’lumotlargacha siz bilan baham ko‘ramiz.