Navoiy shahrida “Yarat Muhandislik Hakatoni” bo‘lib o‘tdi. Hakaton O‘zbekiston Bolalar Tashkiloti Navoiy viloyati bo‘limi, Navoiy shahridagi Yuksalish maktabi va Muhandiss.uz loyihasi hamkorligida tashkil etildi. Tadbir davomida ishtirokchilar jamoalarga bo‘linib, biz har kuni duch kelayotgan muammolarga muhandislik nuqtayi nazaridan yondashdilar. Ishtirokchilar muammoni aniqlash bilan cheklanib qolmay, o‘z g‘oyalarini amaliy loyihaga aylantirib, hakamlarga taqdim etdilar. Jamoalar uchun bu shunchaki tanlov emas, balki muammoni tahlil qilish, yechim ishlab chiqish, jamoada ishlash va o‘z g‘oyasini himoya qilish imkoniyatini taqdim etdi! O‘z bilim, qobiliyat va mahoratini faol namoyon etgan ishtirokchilar diplom va maxsus sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Ishonamizki, bugungi hakaton Navoiy shahrida yosh muhandislar hamjamiyatini shakllantirish yo‘lidagi ilk qadam bo‘ldi.
5/25/2026 — 6/3/2026